O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

Rasmiy veb-sayti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

SAYT HARITASI
ENG - RUS
TANLANGANLARGA
  • BOSH SAHIFA
  •  
  • HUQUQIY ASOS
  •  
  • YANGILIKLAR
  •  
  • MARKAZIY APPARAT
  •  
  • MADANIYAT MUASSASALARI
  •  
  • SPORT MUASSASALARI
  •  
  • HUDUDIY BOSHQARMALAR
  •  
  • SPORT FEDERATSIYALAR
  •  
  • MILLIY SPORT
  •  
  • BIZNING YULDUZLAR
  •  
  • SERTIFIKATSIYALASH
  •  
  • FESTIVAL VA KONKURSLAR
  •  
  • XALQ IJODIYOTI
  • FOTOJAMLAMA
    PHOTOGALLERY
    ALOQALAR:
    100159, O'zbekiston,
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5 uy.
    Tel: (998-71) 239-83-31
    Faks: (998-71) 239-46-11
    E-mail:

    O’zbekiston Respublikasi
    Davlat Hokimiyati Portali
    ÔÅÑÒÈÂÀË ÂÀ ÊÎÍÊÓÐÑËÀÐ

     

    "SHARQ TARONALARI" XALQARO MUSIQA FESTIVALI

    "SHARQ TARONALARI 2005"Sharq xalqlari milliy musiqa va qo’shiq san’atining betakror namunalarini keng ko’lamda targ’ib qilish, milliy musiqiy an’analarni saqlab qolish va rivojlantirish, yosh avlod ongida san’atga muhabbat, go’zallikni kuylash, asl insoniy qadriyatlar hissini shakllantirish, shuningdek, xalqlar orasidagi o’zaro do’stlikni mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar ko’lamini dunyo darajasida kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali ta’sis etildi. Mazkur festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o’tkaziladi.

    "SHARQ TARONALARI 2005"1997 yilda o’tkazilgan I festivalda 34 ta mamlakat vakillari ishtirok etishdi, Gran-pri sovrindori ozarbayjonlik Simara Imanova bo’ldi, 1-o’rinni Munojot Yo’lchieva (O’zbekiston), Shannu Kxurana (Hindiston) egallashdi.
    1999 yilda o’tkazilgan II festivalda 36 ta malakat vakillari ishtirok etishdi. Gran-pri sovrindori-Nasiba Sattorova (O’zbekiston), 1-o’rin sovrindorlari- Yun Kong Son (Koreya), Muhammad Omon (Saudiya Arabistoni).

    2001 yilda o’tkazilgan "Sharq taronalari" III festivalida 32 davlatdan 257 vakil qatnashdi va 1-o’rinni ozarbayjonlik Olim Qosimov, o’zbekistonlik Nabijon Ibroximov, Soxibjon Niyozov o’zaro bo’lib olishdi. "YUnesko"ning maxsus sovrinini esa Rossiyaning "Oltoy" guruhi va Qirg’izistonning "Cholg’uchilar" guruhi qo’lga kiritishdi.

    2003 yilda o’tkazilgan "Sharq taronalari" IV festivalida 34 mamlakatdan 285 ishtirokchi qatnashdi. Festival Gran-prizi Tiva Respublikasining (Rossiya) "Uranxay" ansambliga topshirildi. 1-o’rinni Dilnura Mirzaqulova (o’zbekiston) va Fozil Jamshidiy (Eron) o’zaro bo’lib olishdi, 2-o’rin ozarbayjonlik Zobit Nabizoda va tojikistonlik Ozoda Ashurovaga topshirildi, 3-o’ringa Afg’oniston va Bangladeshdan kelgan milliy musiqa ansambllari sazovor bo’lishdi. YUNESKOning maxsus sovrini o’zbek musiqachisi Abdulhoshim Ismoilov, izroillik qo’shiqchi Roman Kexman va Hindistonlik musiqa ansambliga topshirildi.

    "SHARQ TARONALARI 2005"2005 yil 30 avgust kuni Samarqand shahridagi ko’hna Registon maydonida «Sharq taronalari» V-xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marsimi bo’lib o’tdi. Mazkur marosimda festival g’oliblarni taqdirlash marosimi ham o’tkazildi.
    Xakamlar xay’ati festivalning eng oliy sovrini bo’lmish Gran Priga munosib nomzod yo’qligini bildirishdi. Qolgan o’rinlar esa quyidagicha taqsimlandi:

    1-mukofot: Nodira Pirmatova (O’zbekiston) hamda Aygun Bey (Ozarbayjon);
    2-mukofot: Mo’g’iliston, Italiya va Quvaytlik san’atkorlarga;
    3-mukofot: Isroil, Bangladesh, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan san’atkorlarga;

    YUNESKOning maxsus sovrini Afg’oniston, xalqaro festival xay’atining mahsus sovrini esa Misr Arab Respublikasi san’atkorlariga berildi.

    Anjuman doirasida «Eng yahshi milliy qo’shiq ijrosi uchun» tanlovi o’tkazildi va bu tanlovda ham O’zbekistonlik Nodira Pirmatova va Ozarbayjonlik Aygun Bey g’olib deb topildi.

    "BOYSUN BAXORI" FOLKLOR FESTIVALI

    Ijodiyoti YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniyat durdonasi deb tan olingan xushmanzara Boysun tumanida 2002 yildan beri har yili o’tkazib kelinmoqda.


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YOSH ISTE’DODLAR UCHUN "NIHOL" MUKOFOTI

    San’at sohasidagi qobiliyatli yoshlarga taqdim etiladigan Respublika "Nihol" mukofoti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 avgustdagi 334 sonli Qaroriga asosan ta’sis etilgan. Tantanali taqdimot marosimi har yili musiqali kontsert ko’rinishida o’tkaziladi.


    M.UZOQOV VA J.SULTONOV NOMIDAGI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    M.Uzoqov va J.Sultonov nomidagi Respublika vokalchilari tanlovi 1997 yildan beri har yili o’tkaziladi.


    ASKIYA RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    Yusufjon Shakarjonov nomidagi respublika askiya ko’rik-tanlovi 1998 yilda ta’sis etilgan bo’lib, har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    "ALLA" RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1991 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkaziladi.


    M.AXMEDOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    2002 yildan beri har yili vokalchilar orasida o’tkaziladi.


    MAQOMCHILAR RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1991 yildan beri har ikki yilda bir marta yosh ijrochilar orasida o’tkazib kelinadi.


    XALQ AMALIY SAN’ATI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1993 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    M. QORIYOQUBOV NOMIDAGI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1986 yildan beri har uch yilda bir marta bolalar musiqa maktablari va san’at maktablari o’quvchilari orasida o’tkazib kelinadi.


    M.ASHRAFIY NOMIDAGI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1987 yildan beri har uch yilda bir marta musiqa maktablari va san’at maktablari o’quvchilari orasida o’tkazib kelinadi.


    YOSH IJROCHILAR RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1968 yildan beri har ikki yilda bir marta musiqa va san’at yo’nalishidagi o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’quvchilari orasida o’tkazib kelinadi.


    DORBOZLAR, TSIRK SAN’ATI VA QO’G'IRCHOQ TEATRLARI RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1980 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    FOLKLOR-ETNOGRAFIKJAMOALAR RESPUBLIKA KO’RIK-FESTIVALI

    1990 yildan beri har uch yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    HAVASKOR XALQ TEATRLARINING RESPUBLIKA KO’RIK-FESTIVALI

    1993 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    «DIYOR OHANGLARI» RESPUBLIKA TELEVIZION FESTIVALI

    2005 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    LAPAR VA O’LAN IJROCHILARINING RESPUBLIKA KO’RIK-FESTIVALI

    2005 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    ASHULA VA RAQS ANSAMBLLARINING RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1994 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    BAXSHI VA OQINLAR RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI

    1986 yildan beri har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinadi.


    Designed by "SKM"
    Tashkent 2005 © All Rights Reserved
    Tel: (+998-71) 244-30-82, 244-14-72
    Fax: 244-38-05
    E-mail:
    URL: www.skm.uz