O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

Rasmiy veb-sayti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

SAYT HARITASI
ENG - RUS
TANLANGANLARGA
  • BOSH SAHIFA
  •  
  • HUQUQIY ASOS
  •  
  • YANGILIKLAR
  •  
  • MARKAZIY APPARAT
  •  
  • MADANIYAT MUASSASALARI
  •  
  • SPORT MUASSASALARI
  •  
  • HUDUDIY BOSHQARMALAR
  •  
  • SPORT FEDERATSIYALAR
  •  
  • MILLIY SPORT
  •  
  • BIZNING YULDUZLAR
  •  
  • SERTIFIKATSIYALASH
  •  
  • FESTIVAL VA KONKURSLAR
  •  
  • XALQ IJODIYOTI
  • FOTOJAMLAMA
    PHOTOGALLERY
    ALOQALAR:
    100159, O'zbekiston,
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5 uy.
    Tel: (998-71) 239-83-31
    Faks: (998-71) 239-46-11
    E-mail:

    O’zbekiston Respublikasi
    Davlat Hokimiyati Portali
    HUQUQIY ASOS

     

    O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to’g’risidagi
    NIZOMI

    I. Umumiy qoidalar

    1. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi o’rinlarda matnda – Vazirlik deb yuritiladi) madaniyat va sport sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
    Vazirlik ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasiga bo’ysunadi.

    2. Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasning qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari bo’limlari, «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, «O’zbekraqs» milliy raqs birlashmasi, «O’zbekdavlatsirk» Respublika birlashmasi, «O’zbekmuzey» Respublika fondi va boshqa Vazirlik qoshidagi madaniy, sport va ta’lim muassasalari kiradi.
    Vazirlikning hududiy bo’linmalari Vazirlikka va mahalliydavlat hokimiyati organiga biysunadi.
    Vazirlikning hududiy boshqarma va bilimlari sarf-sharajatlar smetalari byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha ijrosi haqida hisobotni tegishli moliya organlariga, ular tomonidan belgilangan muxlat va shajmlarda, nusxalarini esa – Vazirlikka taqdim qiladilar.
    4. Vazirlik iz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda olib boradi.

    5. Vazirlik va uning hududiy bo’linmalarini davlat byudjeti hisobidan, hamda boshqa, qonun tomonidan ta’qiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

    6. Vazirlik, uning hududiy bo’linmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanib, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga egadirlar.

    II. Vazirlikning vazifalari va funktsiyalari

    7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalar hisoblanadi:

    madaniyat va ommaviy sport soshasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta, tiklash asrlar mobaynida shakllangan yuksak ma’naviyatini, halq an’analari va urf-odatlarini xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy sog’lom, ma’naviy jishatdan boy va uyg’un kamol topgan shaxslarni voyaga etkazish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    milliy istiqlol g’oyasidan, O’zbekiston xalqining madaniyat va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o’rtasida madaniy-ma’rifiy jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik extiyojlarini yanada to’laroq qondirish;

    teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, tsirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlanitirish, ularning g’oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin saxifalarini va hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga shar tomonlama yordam ko’rsatish;

    madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g’oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yilga qo’yish, ijodkor yoshlarni shar tomonlama qillab-quvvatlash, ularning o’z talant va iste’dodlarini to’la namoyon etishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratish;

    jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, bo’rinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug’ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni meshnatga va respublika qurolli kuchlarida xi’zmat qilishga tayyorlash;

    Olimpiya o’yinlarida, jahon va osiyo chempiontlarida, halqaro musobaqalarda O’zbekistonsharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mashoratli sportchilarni tayyorlash maqsadida olimpiya zashirasi muassasalarini qillab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

    halq o’yinlari, milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish;

    turar-joylar va mahallarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o’tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o’quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga yordam ko’rsatish;

    davlatlararo va halqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiya, ko’rgazma va sport musobaqalari o’tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga horijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;

    madaniy-ma’rifiy va sport-sog’lomlashtirish muassasalari, ob’ekt va inshootlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, hamda mustahkamlash, ulardan imkoniyat darajasida to’la va samarali foydalanishni ta’minlash;

    madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy va sport-sog’lomlashtirish muassasalari, o’quv yurtlarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

    professional, halq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy sport va jismoniy tarbiya, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng ko’lamda targ’ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish, hamda video va kinomateriallar chiqarish.

    8. Vazirlik o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

    vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar va muassasalarni madaniyat va sport sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

    Vazirlik vakolati doirasidagi masalalar bo’yicha qonunlar bajarilishi monitoringini amalga oshiradi, ularni mukammallashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mashkamasiga kirib cho’qish uchun taqdim etadi;

    madaniyat va sport sohasida o’zaro hamkorlik bo’yicha halqaro loyihalarni ishlab cho’qishda ishtirok etadi va qabul qilingan halqaro xujjatlarni bajarilishini ta’minlaydi;

    teatr, musiqiy, tasviriy, sirk, halq-amaliy va estrada san’atini rivojlanishini ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga halqimo’z tarixining yorqin sahifalarini va uning zamonaviy hayotini, mamlakatimizning demokratik rivojini aks ettiruvchi asarlarni yaratishda ko’maklashadi;

    tasarrufidagi ta’lim mussasalarida milliy va umumbashariy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etadi, odamlarning o’z umumta’lim va madaniy saviyalarini oshirishga, milliy va jahon madaniyati va san’atining yorqin namunalaridan bahramand bo’lishlariga intilishlarini rivojlantiradi, jumladan, Vazirlik xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyalash, shuningdek xorijda stajirovka itishi va o’qishini ta’minlaydi, ularni mutaxasissligi bo’yicha foydalanish masalalarini shal qiladi;

    muzeylarda milliy istiqlol g’oyalariga mos, O’zbek halqining boy tarixiy merosini sharqoniy aks ettiruvchi, uning insoniyat tarixidagi ahamiyatini, rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi ko’rgazmalarni tashkil qilishni ta’minlaydi, zamonaviy rivojlanishni chuqur o’rganish, muzeyshunoslik bo’yicha umummilliy siyosatni amalga oshiradi, muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona katalogini yuritishni tashkil qiladi;

    respublika aholisini, chet elda saqlanib kelayotgan, O’zbekiston halqlari tarixi bilan bog’liq buyumlar, hamda mamlakat muzeylarida namoyish qilinayotgan eksponatlar bilan tanishtirish orqali odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni tan olish va shurmat qilish xissini tarbiyalashga ko’maklashadi;

    sport inshootlari va madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va saqlash, ulardan foydalanish bo’yicha qonunchilikni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi bo’yicha davlat nazoratini olib boradi;

    madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, qo’riqlash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish bo’yicha davlat dasturlarini ishlab cho’qishda ishtirok etadi;

    madaniy meros ob’ektlarini konservatsiya qilish, joriy qilish, qayta tiklash va ulardan foydalanish ishlari bo’yicha davlat dasturlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    madaniy meros ob’ektlarini belgilash, ro’yxatdan o’tkazish, muhofaza qilish, targ’ib qilish va foydalanishni ta’minlaydi;

    madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrini olib borilishini ta’minlaydi, ularning tarixiy-madaniy ekspertizasini o’tkazadi;

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi tomonidan belgilangan tartibda, madaniy meros hisoblanadigan buyumlar klassifikatsiyasini belgilaydi;

    madaniy qadriyatlarni olib cho’qish, vaqtinchalik olib cho’qish haqida qaror qabul qiladi;

    olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan, vaqtinchalik olib kirilayotgan va vaqtinchalik olib chiqilayotgan madaniy qadriyatlarni ro’yhatdan o’tkazadi;

    olib chiqilishiga, vaqtinchalik olib chiqilishiga e’lon qilingan, hamda vaqtinchalik olib chiqilib qaytarilgan madaniy qadriyatlarni ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlaydi;

    madaniy qadriyatlarni olib cho’qishga va vaqtinchalik olib cho’qishga ruxsat beruvchi sertifikatlar beradi;

    tegishli davlat organlaridan ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni qonun tomonidan belgilangan tartibda qabul qiladi, ularni ekspertizasini amalga oshiradi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

    Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar solistlari va jamoalarning gastrol-kontsert faoliyatini tashkil qiladi, shu jumladan, xorijda;

    estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan xamkorlikda tematik, repertuar reja va dasturlarni mukammallashtirish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, estrada san’atini rivojlantirish Jamg’armasi mablag’larini moddiy-texnik bazani kuchaytirishga, ijodiy jamoalar, yakka ijrochilar va iqtidorli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga yo’naltiradi;

    respublikada va horijda professional va xavaskorlik san’atining festivallari, ko’riklarini hamda ko’rgazmalar o’tkazilishini tashkillashtiradi;

    respublika va chet el mamlakatlari mashxur san’atkorlar, madaniyat va sport arboblarni, yetakchi pedagog-mutaxassislarni mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o’qitish va master-klasslar o’tkazish uchun taklif qiladi;

    iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkillashtirish, san’at va sport sohasida halqaro va respublika miqyosida o’tkazilayotgan ko’riklar, festivallar va boshqa forumlarda qatnashishini ta’minlaydi;

    O’zbekiston iqtidorli yoshlarini, madaniyat va sport sohasidagi yetakchi chet el o’quv muassasalarida o’qishga yuborishni ta’minlaydi;

    madaniyatshunoslik, san’atshunoslik, teatrshunoslik, musiqashunoslik va shu sohaning boshqa ilmiy yo’nalishlarini rivojlantirishga, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’yicha choralar kiradi;

    dramatik, musiqiy, musiqiy-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at asarlarini yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;

    ijodiy jamoalarni, mutaxassislarni, madaniyat, san’at va sport arboblarini hamda boshqa vakillarni, ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, halqaro tanlovlar, festivallar, musobaqalar va boshqa tadbirlarda qatnashishiga tayyorlaydi, yuboradi va qabul qilib oladi;

    sport turlari maqomini va ularning mamlakatda rivojlanishi ustunligini belgilaydi;

    O’zbekistonterma jamoasi a’zolarini, sportchilarni, sport anjomlar, farmakologik vositalar, kiyim va poyafzal bilan ta’minlaydi, hamda ularni ovqatlanish va tibbiy-tiklanish uchun davolanishiga zarur sarf-sharajatlarini qoplaydi;

    respublikada madaniyat va sport rivojlanishi bo’yicha monitoring o’tkazadi, ularni mamlakatda rivojlanishi bo’yicha yillik hisobotlarni tayyorlaydi;

    jahon ilmiy-texnik rivoji yutuqlarini, chet elda madaniyat va sport sohasini rivojlantirish borasidagi yetakchi tajribani umumlashtiradi, ushbu yutuqlarni sohaga joriy etilishini ta’minlaydi;

    tegishli vazirliklar, korxonalar va idoralar bilan hamkorlikda madaniyat va sport, hamda aholini jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy izlanishlar rivojiga ko’maklashadi, ilmiy izlanishlashlar natijalarini amalda qo’llanilishini ta’minlaydi, hamda ushbu ishlarni muvofiqlashtiradi;

    madaniyat va sport bo’yicha o’quv dasturlarni, qo’llanmalarni va boshqa ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, hamda ularni tasdiqlaydi;

    madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlarni, uslubiy dasturlarni va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi, hamda ularni bajarilishini ta’minlaydi;

    boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan xamkorligida madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilar, murabbiylar, sport faxriylarini ijtimoiy muxofaza qilish bo’yicha masalalarni shal qiladi;

    O’zbekistonmilliy olimpiya qo’mitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va rivojlanishiga ko’maklashadi;

    O’zbekistonmilliy sport turlari va sport o’yinlarini rivojlanishiga, hamda mamlakatda va xorijda milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar, milliy sport o’yinlari bo’yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil qilinishiga va o’tkazilishiga belgilangan tartibda mablag’ ajratadi, hamda ularning jahon sport arenasida keng ko’lamda targ’ib etilishiga va rivojlanishiga har tomonlama ko’maklashadi;

    o’rnatilgan tartibda halqaro va respublika ommaviy-sport tadbirlarini o’tkazilishini, sportchilarni, murabbiylarni va boshqa mutaxassislarni ta’minlaydi, sportchilarni va mamlakat terma jamoalarini tayyorlashni tashkil qilishni, hamda ularning Olimpiya va Osiyo o’yinlarida, Jahon va Osiy chempionatlarida, kuboklarida va bo’rinchiliklarida, hamda boshqa halqaro musobaqalarda qatnashishini, halqaro tashkilotlarga kirish badallarini to’lanishini ta’minlaydi;

    respublika sportchilari tomonidan, sport turlari bo’yicha o’rnatilgan mamlakat rekordlarini qayd qiladi, va ularni tasdiqlash uchun halqaro tashkilotlarga tegishli hujjatlarni o’rnatilgan tartibda taqdim etadi;

    sport federattsiyalari tavsiyalariga muvofiq, sport turlari bo’yicha sportchilarni, mamlakat terma jamoalari tarkibini tasdiqlaydi va ularning halqaro ommaviy-sport tadbirlarda qatnashishini ta’minlaydi;

    aholining keng qatlamlari orasida madaniy va ommaviy-sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda davlat va jamoat tashkilotlariga ko’maklashadi;

    tasarrufidagi tashkilotlarga ularning moddiy-texnik bazasini rivojlanishiga, ma’lumot bilan ta’minlash, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha va boshqa turdagi yordamni jalb etishga ko’maklashadi;

    mavjud barcha madaniy va sport inshootlarini, kutubxonalarni, teatrlarni, klublarni, madaniyat saroylari va uylarini, istirohat bog’larini, muzeylarni va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o’tkazadi;

    jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish ishlarini amalga oshiradi, hamda ulardan foydalanishga sertifikatlar beradi;

    madaniyat va sport sohasida yuksak yutuqlarga erishgan insonlarga O’zbekiston Respublikasi mukofotlari va faxriy unvonlarini ta’sis qilish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

    soha rivojlanish jamg’armasi, ko’zda tutilmagan harajatlarni va tadbirlarni moliyalashtirish jamg’armasi mablag’larini maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;

    aholi va tashkilotlarning madaniy va sport kiyimlari, anjomlari va asboblariga bo’lgan eshtiyojini o’rganadi, ushbu mashsulotlarni mamlakat korxona va tashkilotlarida, ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, hamda mashsulotlarni Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarilishini tashkil qiladi;

    tasarrufidagi tashkilotlar talablariga ko’ra fondlar va moddiy-texnik resurslarni taqsimlaydi, hamda ularning to’g’ri va samarali ishlatilishini nazorat qiladi;

    professional, halq va havaskorlik san’atini, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni, ommabob madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng ko’lamda targ’ib etilishini, hamda madaniyat va sport sohasida ilmiy va ommaviy adabiy nashrlarni, video va kinomateriallar ishlab chiqarilishini keng targ’ib qiladi;

    o’rnatilgan tartibda davlat byudjeti mablag’lari hisobidan madaniyat va sport muassasalarini moliyalashtiradi;

    halqaro madaniy va sport aloqalarni rivojlantiradi va amalga oshiradi;

    madaniyat va sport sohasida strategiyalarni, rivojlanish ustivorligini, bozor iqtisodiyoti mexanizmi va usullarini isloh qilishda qatnashadi, hamda ular asosida sohaning rivojlanishi prognozlarini ishlab chiqaradi;

    madaniyat va sport sohasida iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    madaniyat va sport sohalarda investitsion siyosatini ishlab chiqishda va tatbiq etilishida qatnashadi, sohaga xorijiy investitsiyalarini jalb etishga chora-tadbirlar amalga oshiradi;

    madaniyat va sport sohasi rivojlanishiga investitsiyalarni, shu hisobdan xorijiy, jalb qilish bo’yicha tenderlar, konkurslar va savdolarni tashkillashtiradi va o’tkazilishida qatnashadi;

    halqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar hukumatlari tomonidan madaniyat, san’at va sportni riojlantirishga ajratilayotgan grantlarini taqsimlashni ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi.

    9. Vazirlik o’ziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o’ziga biysunuvchi hududiy boshqarma va bo’limlari va boshqa tasarrufidagi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

    III. Vazirlikning xuquqlari va javobgarligi

    10. Vazirlik o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi xuquqlarga ega:

    madaniyat va sport soxasida davlatlararo xamkorlik qilish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Hukumati topshirig’iga binoan muzokaralarda qatnashish hamda shartnoma va bitimlarni imzolash, quyi tashkilotlarning va boshqa tashkilotlarning chet el bilan o’zaro manfaatdorlik asosidagi munosabatlarida to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatishlariga imkon yaratish, shuningdek, o’z vakolatlari doirasida boshqa davlatlar tashkilotlari bilan madaniyat va sportni rivojlantirishda o’zaro xamkorlik qilish bo’yicha shartnomalar, bitimlar va boshqa xujjatlar tuzish;

    vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalardan madaniyat va sport soxalariga tegishli barcha axborotlarni olish;

    madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o’tkazish va xujjatlarni rasmiylashtirish uchun to’lanadigan maxsus to’lovlar tushumlaridan bir qismini olish;

    Vazirlik vakolatlari doirasida davlat va jamoat tashkilotlariga Respublikada madaniyat va sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladigan o’z faoliyatlari doirasidagi aloxida masalalarni ishlab cho’qishni topshirish;

    Vazirlik vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha davlat va jamoat tashkilotlari, o’quv muassasalarni, ularning mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, tekshirishda qatnashish;

    manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda respublikada madaniyat va sport soxasidagi mutaxassislarga bo’lgan extiyojni o’rganish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash, shu jumladan, xorijda, aholida tashkilotlarning sport va madaniyat ahamiyatidagi kiyimlar, poyafzal, jixoz va uskunalarga bilgan extiyojini o’rganish;

    Hukumatga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning toifasini o’zgartirish bo’yicha taklif tayorlash va o’rnatilgan tartibda kirib cho’qish uchun taqdim etish;

    madaniyat va sport bo’yicha shartnoma asosida maslahatlar berish, ilmiy va tajriba ishlarni o’tkazish, dolzarb masalalarni xal qilish uchun vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar va o’quv yurtlarining, shu jumladan, xorijdagi, olimlarini, yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish;

    o’rnatilgan tartibda xalq bayramlarini, yubileylarni, ommaviy madaniyat va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil qilish;

    Vazirlik tizimiga kiruvchi sport, teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalari uchun markazlashtirilgan tartibda zaruriy yoritish va ovoz kuchaytirgich uskunalarni, musiqa asboblarini, sport jixozlarini, inventarlarini, sport kiyimlari va boshqa zarur ash’yolarni xarid qilish;

    muzey fondlari va asarlar ko’rgazmalarini to’ldirish maqsadida kino, amaliy va dekorativ san’at, tarixiy-badiiy qiymatga ega noyob asari-antiqalarni, shuningdek, saxna va musiqa asarlarini, qo’shiqlarni aniqlash va xarid qilish, muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazmalarning yig’ma katalogini chop etish;

    Respublikada o’tkaziladigan xalqaro tanlovlarda, ko’riklarda, festivallarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun xorijiy jamoa va ayrim ijrochilarni taklif etish;

    yuqori malakali mutaxassislarni tayorlash uchun yuqori malakali professor va iqituvchilarni, mashxur maxalliy va xorijiy mutaxassislarni, hamda madaniyat, san’at va sport bo’yicha soxa mutaxassislarini taklif qilish, shuningdek, Vazirlik tarkibidagi o’quv yurtlarida, ta’lim muassasalarida master-klasslarni o’tkazish;

    Madaniyat va sport soxasidagi yosh iqtidorlarni ajratib olish va ularni xorijga o’qishga yo’naltirish;

    badiiy-xavaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga «Xalq», «Bolalar namunali jamoasi», «Xalq muzeyi» unvonlari, respublika sport unvonlari va toifalari bilan xamda kubok, medal, ko’krak nishon, diplom, faxriy yorliq va sovrinlar bilan taqdirlash;

    respublikani halqaro madaniy va sport tadbirlarida tanitish, halqaro madaniy va sport tadbirlarida respublikamiz sovrindorlariga mukofotlar to’lash, ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish, hamda ilmiy, ekspertlik va boshqa ishlarni o’tkazish uchun Vazirlik tomonidan jalb etilgan xorijiy mutaxassislari meshnat haqini belgilangan tartibda to’lash bilan bog’liq davlat vazifalarini tezkor xal qilish uchun, Vazirlikka ajratilgan byudjet mablag’lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’laridan, shu qatorda xorijiy valyutada, moliyaviy manbalarini tashkil qilish;

    ommaviy madaniy, jismoniy sog’lomlashtirish va sport tadbirlarini o’tkazishga, madaniyat, san’at va sport arboblarini turli ko’riklar, tanlovlar va musobaqalarda va x.k. qatnashishini ta’minlash uchun Vazirlikka ajratilayotgan, hamda mavjud nobyujet mablag’larni tashkilotlarga yo’naltirish;

    belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarni tashkil qilish, qayta tuzish va tugatish, shu hisobdan madaniyat va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadigan, soha mutaxassislarini malakasini oshirish ishlarini olib borish, hamda madaniy va sport-sog’lomlashtirish inshootlarini qurish;

    yuqori malakali sportichilarni va sport zashiralarini tayyorlash bo’yicha ishlarni o’tkazish, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, sport maktablari, klublari va sport tayyorgarlik markazlari tarmog’ini va ixtisoslashtirish rivojini muvofiqlashtirish;

    festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy sport va boshqa tadbirlar g’oliblarini, qatnashchilari va faxriy meshmonlarini sovg’alar bilan taqdirlash;

    belgilangan tartibda, katta xi’zmat kirsatgan, iqtidorli madaniyat va sport sohasi ishchilari nomzodlarini mukofotlashga taqdim qilish;

    belgilangan vazifalarni tezkor tarzda bajarish maqsadida, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarni, zamonaviy jishoz va uskunalar bilan ta’minlash yili bilan, ularning modiy-texnik bazasini rivojlantirish;

    Vazirlik O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlarga ega.

    11. Vazirlik o’z huquqlari doirasida, boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari, maxalliy hokimiyat organlari, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bilgan huquqiy-me’yoriy aktlar qabul qilish huquqiga ega.

    Vazirlik, belgilangan tartibda, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari bilan birgalikda qishma qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni chiqarishga shaqlidir.

    12. Vazirlik madaniyat va sport sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash va o’ziga yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarishi uchun javob beradi.


    Designed by "SKM"
    Tashkent 2005 © All Rights Reserved
    Tel: (+998-71) 244-30-82, 244-14-72
    Fax: 244-38-05
    E-mail:
    URL: www.skm.uz