Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlol yillarida noyob tarixiy – madaniy meroslarimizni asrab – avaylash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha keng ko`lamli vazifalar amalga oshirilmoqda, - deydi tarihchi olim Samandar Olimov – Arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish, ulardan foydalanish, kelajak avlodga hozirgi holatida etkazish bo`yicha Ellikqal`a tumanida ham bir qancha amaliy ishlar ro`yobga chiqarilmoqda.
Barkamol avlod yili dasturi bo`yicha tuman markazida bunyod etilgan “Ochiq osmon ostidagi muzey” majmuida xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuni munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Unda umumta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb – hunar kollejlari o`quvchilari, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va foydalanish davlat inspektsiyasi xodimi I.Saidolimov, tuman arxeologiya va taarix muzeyi direktori O`.Jumaev, tarixshunos M.Ollaberganov so`zga chiqib, ushbu hududda mavjud bo`lgan 300 ga yaqin qadimiy qal`a va qo`rg`onlar, YUNESKO tasarrufidagi arxeologik yodgorliklar haqida batafsil ma`lumotlar berdi.
Tadbir ishtirokchilari Qavatqal`a va tuproqqal`a yogorliklari sayohatga bordi