2010 yilning 23-28 aprel kunlari Quvaytda 2012 yildagi London Paralimpiya o`yinlariga reyting ochkolarini beruvchi Dunyo Paralimpiyachilari o`rtasida yengil atletika bo`yicha Ochiq Xalqaro turnir bo`lib o`tdi.
Ushbu nufuzli turnirda dunyoning 12 ta (Baxrayn, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Chexiya, Polsha, O`zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Tunis, Iordaniya, Iroq, Bolgariya kabi) mamlakatidan 100 ga yaqin imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etdilar.
O`zbekiston terma jamoasini tashkil etgan 14 nafar sportchilarimizdan 8 nafari jami 9 ta medalni qo`lga kiritdilar. Ushbu medallarning 3 tasini oltin, 2 tasini kumush va 4 tasini bronza medallari tashkil etdi.
Quyida O`zbekiston terma jamoasining natijalarini keltiramiz: Xusnitdin Norbekov - yadro irqitish bo`yicha oltin va nayza uloqtirish bo`yicha kumush medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, Qodirov Yusuf disk uloqtirish bo`yicha bronza medalini qo`lga kiritdi. Shuningdek yadro uloqtirish bo`yicha Sharipov Narzibek va Sharipov Mirzoxidlar oltin, Kadirov Yusuf kumush, Usmonov Aziz, Xaydarov Aziz, Muminov Xolmurodlar bronza medallarini qo`lga kiritib, jamoa xisobida birinchi o`rinni egalladilar.