Ma`lumki, 18 may Xalqaro muzeylar kuni 1977 yildan IKOM – Xalqaro muzeylar tashkiloti tomonidan butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. O`zbekiston ham 1993 yilda IKOM tashkilotiga a`z o bo`lganidan buyon har yili ushbu bayram tantanali ravishda respublikamizning barcha viloyatlarida muzeylar festivali tariqasida o`kazish an`anaga aylanadi. Bu yilgi bayram qo`shaloq bo`lib, bugun Muzeylar kunini nishonlash bilan birga O`zbekiston davlat tabiat muzeyining ochilish marosimi o`tkaziladi.
Ta`kidlash joizki, Madaniyat va sport ishlari vazirligida 2010 yil “Muzeylar kuni” deb elon qilinishi muzeylar faoliyatini tubdan yahshilash va takomillashtirish yo`lida olib borayotgan samarali ishlar natijasini ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 apreldagi “O`zbekison Respublikasining “Muzeylar to`g`risida”gi Qonunini ro`yobga chiqarish uchun zarur bo`lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 68-son qarori qabul qilinishi esa bugungi kunda muzeyshunos mutaxassislar oldiga katta vazifalarni yuklaydi.
Bu yilgi Xalqaro muzeylar kunida o`tkaziladigan anjuman “Ekskursovod – muzey imidji” deb nomlanishi ham bejiz emas. Sababi ekskursovodlar bevosita muzeylarimizga kelayotgan tomoshabinlar bilan uzviy munosabatda bo`lib, ular muzey tarixi, ekspozitsiyasi, eng noyob kollektsiyalari haqidagi muhim ma`lumotlar bilan tashrif buyuruvchilarni tanishtirdilar.
Xalqimiz uchun sevimli muzeylardan biriga aylangan Tabiat muzeyi aynan Xalqaro muzeylar kunida qayta ochilishi ham bejiz emas. Bundan buyon ziyoratchilarga o`z eshiklarini keng ochgan muzey Vatanimizning betakror tabiatini har tomonlama ko`rsatish yo`lida ko`p yillar hizmat qiladi.