Ma`lumki, 18 may Xalqaro muzeylar kuni 1977 yildan IKOM – Xalqaro muzeylar tashkiloti tomonidan butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. O`zbekiston ham 1993 yilda IKOM tashkilotiga a`z o bo`lganidan buyon har yili ushbu bayram tantanali ravishda respublikamizning barcha viloyatlarida muzeylar festivali tariqasida o`kazish an`anaga aylanadi. Bu yilgi bayram qo`shaloq bo`lib, bugun Muzeylar kunini nishonlash bilan birga O`zbekiston davlat tabiat muzeyining ochilish marosimi o`tkaziladi >>>
2010-05-24 |
2010 yilning 23-28 aprel kunlari Quvaytda 2012 yildagi London Paralimpiya o`yinlariga reyting
ochkolarini beruvchi Dunyo Paralimpiyachilari o`rtasida yengil atletika bo`yicha Ochiq Xalqaro turnir bo`lib o`tdi.
O`zbekiston terma jamoasini tashkil etgan 14 nafar sportchilarimizdan 8 nafari jami 9 ta medalni
qo`lga kiritdilar. Ushbu medallarning 3 tasini oltin, 2 tasini kumush va 4 tasini bronza medallari
tashkil etdi.
 >>>
2010-04-28 |
O`zbekiston Respublikasi tabiiy boyliklari bilan bir qatorda tarixiy arheologik yodgorliklari ham dunyoga mashhur sanaladi. Bu madaniy meroslar – mamlakatning ulkan va bebaho mulki – jahon xalqlarini hayratga solayotgan betakror arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo`yicha ilmiy – amaliy tadbirlarni ro`yobga chiqarishda ”Arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonun asosida samarali ishlar olib borilmoqda. >>>
2010-04-22 |
Toshkent Fotosuratlar uyida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzuida badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan bir qator ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma harbiy soha vakillarining hayotiga bag‘ishlangan.  >>>
2010-04-19 |
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan “Debut-2010” festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. >>>
2010-04-01 |
Joriy yilning 18 mart kuni O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi O`zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida Komiljon Saidovning Brayl yozuvida ilk bor nashr etilgan 2 tomdan iborat (Buzruk Rost Navo) va (Dugoh Segoh Iroq) Shashmaqom kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi.
Boshlanish vaqti 14.00da
 >>>
2010-03-15 |
2010 yil 19-20 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi xamda respublika "O`zbekmuzey" jamgarmasi bilan xamkorlikda O`zbekiston Davlat san`at muzeyida O`zbekiston Respublikasining "Muzeylar to`g`risida"gi qonuniga muvofiq, Vazirlar Markamasining 2008 yil 31 oktyabridagi "Muzeylar faoliyatiga oid me`yoriy xujjatlar to`g`risida"gi 237-sonli qaroriga muvofiq:
-Milliy muzey fondi to`g`risida Nizomga oid Milliy muzey fondining Davlat katalogini tashkil
etish va yuritish xamda muzeylarni qo`llab-quvvatlar respublika "O`zbekmuzey" jamgarmasining Nizomini qanta kurib chikish va o`zgartirishlar kiritish bo`yicha Seminar bo`lib utdi.Seminarda Respublika bo`yicha 60 dan ortiq, muzey raxbarlari va bosh muxofizlar ishtirok etdilar.
 >>>
2010-03-10 |
Namangan shahrida yosh fotohavaskorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. >>>
2010-03-09 |
2010 yilni 4 mart kuni Samarqand davlat muzey qo`riqhonasida 8 mart halqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan “O`zbek ayollari kiyinish madaniyati” mavzusida ekspozitsion ko`rgazma o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi hotin qizlar qo`mitasi, O`zbekturizm milliy kompaniyasi hamda Samarqand viloyati bo`limlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan ushbu tadbirda Samarqand shahridagi maktab, litsey, kolleg o`quvchilari, oily o`quv yurtlari talabalaridan iborat 200 dan ortiq qizlar hamda Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Avstraliya, Hitoy mamlakatlaridan kelgan sayyoh ayollar qatnashdilar.
 >>>
2010-03-05 |
2010 yilning 4 mart kuni Samarqand davlat muzey qo`riqhonasi bir guruh hodimlari tarix fanlari nomzodi, antik dunyo halqaro ilmiy dunyo fanlari akademiyasi professori, Termez arheologiya muzeyi direktori Botirov Ismoil Temirovich bilan uchrashuv o`tkazdilar. Uchrashuvdan maqsad O`zbekiston Respublikasining “Muzeylar to`grisida”gi qonundan kelib chiqadigan vazifalarni amalgam oshirish chora tadbirlari bo`ldi. Uchrashuvda muzey hodimlari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Kelgusida bunday uchrashuvlarni o`quv seminarlari ko`rinishida o`tkazilishi yuzasidan fikr va mulohazalar yuritildi.
 >>>
2010-03-05 |
2010 yilni 3 mart kuni Samarqand shahridagi 45 o`rta maktabdagi 7-sinf o`quvchilarining viloyat o`lkashunoslik muzeyida “Moziyga qaytib ishko`rmoq hayirlidir” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.
“Barkamol avlod yili” dasturi doirasida o`tkazilayotgan ushbu tadbirning tashkilotchilari mazkur ochiq dars bilan ushbu tadbirda yoshlarni vatanparvarlik milliy qadriyat va urf odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ularning manaviyatini yuksaltirishni maqsad qilib qo`ydilar.
 >>>
2010-03-04 |
Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma`rifiy ishlar ilmiy metodik hamda axborot markazining 2010 yilning 30 mart – 5 aprel kunlari Toshkent shahridagi O`zbekiston madaniyat va san`at ko`rgazmasi binosida “Barkamol alod yili”ga bag`ishlangan havaskor fotosuratchilarning an`anaviy Respublika ko`rgazmasini o`tkaziladi.
 >>>
2010-03-01 |
Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti ko‘rik-tanlovining nufuzi yildan yilga oshib bormoqda. O‘tgan yili tanlovning saralash bosqichlarida to‘qqiz mingdan ziyod yigit-qiz ishtirok etgani buning dalilidir. >>>
2010-02-23 |
O’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Turk va fors tillarida she`rlar yozgan. Xirot shahrida yashagan. Sulton Husain Bayqoro saroyida vasir bo’lgan. Fan va san`at arboblariga homiylik qilgan. Alisher Navoiyning gumanistik she`riyati ko’p qirralik, merosi bepoyon.
Lirik she`rlarini muallif 1498-1499 yillarda to’rtta devonga to’plagan. She`riy ijodining cho’qqisi bo’lib "Hamsa" hisoblanadi (1483-1485), qaysiki quyidagi beshta dostonlardan tashkil topgan: "Hayrat ul abror", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Sab`ai sayyora", "Saddi Iskandariy".
Alisher Navoiy ijodi bilan islom va boshqa turk til adabiyotlarini taraqqiy etishiga ta`sir ko’rsatgan.
 >>>
2010-02-09 |
Vazirlik tizimida 37 ta teatr, 88 ta muzey, 54 ta madaniyat va istirohat bog`i, 2 ta hayvonot bog`i, 1870 ta madaniyat uylari, saroy va klublar mavjud.  >>>
2010-01-25 |