O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

Rasmiy veb-sayti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

SAYT HARITASI
ENG - RUS
TANLANGANLARGA
  • BOSH SAHIFA
  •  
  • HUQUQIY ASOS
  •  
  • YANGILIKLAR
  •  
  • MARKAZIY APPARAT
  •  
  • MADANIYAT MUASSASALARI
  •  
  • SPORT MUASSASALARI
  •  
  • HUDUDIY BOSHQARMALAR
  •  
  • SPORT FEDERATSIYALAR
  •  
  • MILLIY SPORT
  •  
  • BIZNING YULDUZLAR
  •  
  • SERTIFIKATSIYALASH
  •  
  • FESTIVAL VA KONKURSLAR
  •  
  • XALQ IJODIYOTI
  • FOTOJAMLAMA
    PHOTOGALLERY
    ALOQALAR:
    100159, O'zbekiston,
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5 uy.
    Tel: (998-71) 239-83-31
    Faks: (998-71) 239-46-11
    E-mail:

    O’zbekiston Respublikasi
    Davlat Hokimiyati Portali
    SPORT MUASSASALARI

     

    1 Sertifikatsiayalash va kompyuterlashtirish markazi >>
    2 Olimpiya shon-shuhrat muzeyi >>
    3 O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti >>
    4 Toshkent shahar Respublika olimpiya zahiralari kolleji >>
    5 "Sport" gazetasi taxririyati >>
    6 Respublika Oliy sport mahorati maktablari >>
    7 Toshkånt shahar univårsal sport saroyi >>

    "Sertifikatsiayalash va kompyuterlashtirish markazi" Davlat korxonasi

    Markaz respublikamizda madaniyat va sport sohasiga yangi kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish hamda mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat'iy nazar barcha jismoniy-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini sertifikatsiyalash va pasportlashtirish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish va ishida ko'maklashish maqsadida tashkil topgan. Shu bilan birga, Markaz jimoniy tarbiya va sport sohasiga tegishlii me'yoriy hujjatlar ishlab chiqishda ko'maklashadi.



    Sertifikatsiyalash bo’limi
    Bo’limning tashkil topishidan maqsad - madaniyat va sport sohasida faoliyat yuritayotgan va hizmat ko’rsatayotgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, sport inshootlarining faoliyat olib borish va qurilishida, ularning egalariga amaliy va uslubiy yordam berishdan iborat.

    Hozirgi kunda bo’lim mutahassislari tomonidan sport inshootlarini faoliyat yuritishi, ularning sinflanishi, toyifalarini aniqlash va ularni jahon andozalariga mos ravishda bo'lishi bo’icha kerakli barcha mey’oriy hujjatlari ishlab chiqilgan va tegishli idoralarda tasdiqdan o’tkazilgan.

    Sport inshootlarini xatlovdan o’tkazish ishlari bo’yicha vakolatli ishchi organ etib Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi “Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish Markazi” Davlat unitary korxonasi tayinlangan.


    Kompyuterlashtirish bo’limi
    Bo’lim madaniyat va sport sohasida information tehnologiyalarni tatbiq etish, Internet global tarmog’iga ulanishni tashkil etish, hujjatlarning elektron almashuvini tashkil etish, veb-sahifalarni yaratish, kompyuter tizimlari, kichik va o’rta sinfdagi local hisoblash tarmoqlarini ishga tushirish va ularda muhandislik ishlarini olib borish va boshqa shu sohaga oid ishlarni izchil amalga oshirishga yo'naltirilgan.

    Kelajakda halqaro va Respublikamizda bo’lib o’tayotgan musobaqa va anjumanlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi, hamda mamlakatimizda sport va madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar, federatsiyalar va boshqa tashkilotlarni birlashtiruvchi O’zbekiston madaniyat-sport-informatsion portalini yaratmoqchimiz.


    "Beldersoy" sport bazasi

    Beldersoy maskanida, tog'lar yon-bag'rida bizning shunday nomdagi sport bazamiz joylashgan. Bu yerda Siz qishda tog'-chang'i sporti bilan shug'illanishingiz, va yilning barcha mavsumlarida yahshi hordiq chiqarishingiz mumkin. Tepaga tog' cho'qqilariga chiqish Siz uchun oson bo'lishi uchun baza arqonli-o'rindiqli yo’l bilan jihozlangan (2,2 km lik).

    U Toshkentning janubiy-sharqida 80 km uzoqlikda, avtomobil o’rtacha tezlikda yurishida 1,5 – 2 soatlik yo’lda, juda ham maftunkor maskanda joylashgan oromgohdir. Chang’i uchish trassasi yaqinginada joylashgan. Manzarali tog’ yon bag’rlarini qor noyabr oyidan aprelgacha bezab turadi. Bekorga ham Beldersoy halqaro toifadagi chang’i uchish markazi hisoblanmaydi.

    Aloqa uchun:
    100129, O'zbekiston,
    Toshkent sh., Navoiy ko'chasi, 30 uy.
    Tel : (998-71) 244-30-82, 244-14-72;
    Faks : (998-71) 244-38-05;
    E-mail:
    URL: www.skm.uz

    Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

    Muzeyning asosiy vazifalariga Olimpiya o'yinlari va halqaro musobaqalardagi bizning sportchilarimizning oliy yutuqlari haqidagi ko'rgazmalar o'tkazish rejalarini ishlab chiqish va tashkillashtirish kabi masalalar kiradi.

    Aloqa uchun:
    100017, O'zbekiston,
    Toshkent sh.,Sharof Rashidov ko'chasi, 4à.
    Tel : (998-71) 241-78-63, 241-44-20
    olimpmuzeum@sarkor.com

    O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti

    O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport instituti Markaziy Osiyodagi jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutahassislarni tayorlovchi yirik institutlardan biridir.
    Hozirgi davrda institutda 3000 ga yaqin talaba tahsil oladi. Shu jumladan, institut 550 joyga mo’ljallangan yotoqhonaga ega.

    Institut tarkibiga turli sport yonalishlari bo’yicha 3 fakultet va 17 kafedra kiradi:

    1. Sport yakkakurashlari fakulteti

    Kafedralar:

    • Boks va qilichbozlik
    • Engil va og’ir atletika
    • Milliy kurash
    • Suzis va eshkakli suzish
    • Gimnastika
    • O’zbekiston tarihi va demokratik jamiyat tuzish asoslari
    • Iqtisod va menedjment
    • O`zbek va chet tillari

    2. Sport o’yinlari fakulteti

    Kafedralar:

    • Sport va milliy o’yinlar
    • Futbol va gandbol
    • Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati
    • Pedagogika va psijologiya
    • Sport tibbiyoti va sog'lomlashtirish jismoniy tarbiyasi
    • Anatomiya va fiziologiya
    • Falsafa
    • Bioximiya va gigiena
    • Informatika va axborot tehnologiyalari

    3. Malaka oshirish fakulteti

    Aloqa uchun:
    Toshkent sh., Oqqo’rg’on ko’chasi, 2
    Tel: (998-71) 268-08-58, 268-93-09
    URL: www.uzgos-ifk.newmail.ru
    e-mail: uzgivk@infoport.uz

    Toshkent shahar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji

    Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji 1961 yil oktabr oyida sport mutaxassisligi bo’yicha maktab-internat sifatida tashkil qilingan bo’lib, 1989 yilda Respublika Olimpiya zaxiralari bilim yurtiga o’zgartirilgan. Bu esa o’z navbatida bitiruvchilarga sport turi bo’yicha murabbiy (trener) ihtisosligidagi o’rta ixtisoslashgan ma’lumotga ega bo’lishiga imkon beradi. Kadrlar tayorlash Milliy dasturiga muvofiq ushbu bilim yurt 2001 yilda Olimpiya zaxiralari kollejiga o’zgartirildi. Xozirgi vaqtda kollejning 24 ta bo’limda Toshkent shahri va mamlakatning boshqa viloyatlaridan kelgan 700 nafar o’quvchilar turli sport turlari bo’yicha o’zlarining maxoratlarini oshirmoqdalar. Zamonaviy yengil atletik bino, 5 ming kishilik stadion, gimnastika, kurash, boks zallari, yopiq suv havzasi, 3 ta futbol maydoni, 3 ta 450 odam uchun mo’ljallangan yotoqxona, 200 kishilik oshxona, 640 o’rindagi o’quv binosi, zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi, tibbiy bo’lim laboratoriyasi, tibbiy bo’lim, Chimgan, Dukent va Yangioboddagi sport bazalari kollej o’quvchilarning ihtiyoriga topshirilgan. Davlat o’quvchilarni ovqat, sport formasi va jihozlar, tibbiy-biologik tiklash vositalari va yotoqxona bilan ta’minlaydi. Murabbiylar va o’qituvchilar tarkibi samarali ishlashi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
    Kollejning moddiy-tehnik asosi har yili mustaxkamlanib rivojlanib bormoqda. Zamonaviy 50-metrli suv xavzasi qurilyapti. Kadrlar Milliy dasturiga muvofiq 2004-2007 yilda kollej o’quv binolari, sport inshootlari va yotoqxonalar qayta quriladi. Bu esa sport zaxiralarini tayorlash yanada yuqori darajaga ko’tarilishiga imkon beradi. Kollej faoliyatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika o’rta maxsus ta’lim Markazi, Toshkent shahar o’rta maxsus ta’lim boshqarmasi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi, davlat oliy sport maxorati maktablari, Sport yakkakurash assotsatsiaysi, boks, futbol, yengil atletika, suzish federatsiyalari, O’zbekiston Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Sog’lom avlod uchun” Xalqaro fondi, "O'bekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi" va ko’pgina boshqa tashkilotlar ko’magi katta ahamiaytga ega.
    Kollej jamoasi shu dargohda o’z sport yo’lini boshlagan bitiruvchilar ismi bilan faxrlanishga xaqlidir. Hozirgi kunda ular mustaqil O’zbekistonni xalqaro maydonda tanitmoqdalar. Shu kollejda tarbiyalanganlar va bitiruvchilar mamlakatimizni dunyoning 50 dan ortiq davlatlar sport maydonlarida tanildilar, bu Shimoliy va Janubiy Amerika (Kanada, AQSh, Kuba), Yevropa (15 dan ortiq davlat), Avstralia, Yangi Zellandiya, Afrika (Misr, Maroko) va Osiyo (15 dan ortiq davlatlar).

    Aloqa uchun:
    700027, Toshkent sh., Tursunqulova ko'chasi, 38
    Tel: (998-71) 273-86-81, 273-50-26
    URL: olympic.sport.uz
    e-mail: olympic@sport.uz

    "Sport" gazetasi tahririyati

    "Sport" gazetasi 1932 yilda tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda 3 turdagi gazetalar chop etadi: "Sport", "Sport+O'zbekiston futboli", "O'zbekiston futboli".

    "Sport", "Sport+O'zbekiston futboli", "O'zbekiston futboli" gazetalarini chop etishdan asosiy maqsad mamlakatimiz aholisini jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga chaqirish, milliy va boshqa sport turlari bo'yicha respublikamizda va horijda bo'lib o'tayotgan musobaqalar, hamda sport yulduzlari hayotihaqida yoritish.

    Aloqa uchun:
    Toshkent sh., E. Bobohon ko'chasi, 67à
    Tel : (998-71) 244-17-37, 246-39-49
    227-19-59

    Respublika oily sport mahorat maktablari (ROSMM)

    O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibiga 8 Respublika Oliy sport mahorat maktablari (ROSMM) kiradi, bular:

    1. Sport o'yinlari bo'yicha ROSMM >>
    2. Sport yakkakurashlari bo'yicha ROSMM >>
    3. Suv sporti bo'yicha ROSMM >>
    4. Yengil Atletika bo'yicha ROSMM >>
    5. Ot sporti bo'yicha ROSMM >>
    6. Futbol bo'yicha ROSMM >>
    7. Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha ROSMM >>
    8. Gimnastika bo’yicha ROSMM >>


    Designed by "SKM"
    Tashkent 2005 © All Rights Reserved
    Tel: (+998-71) 244-30-82, 244-14-72
    Fax: 244-38-05
    E-mail:
    URL: www.skm.uz