O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

Rasmiy veb-sayti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT
VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI

SAYT HARITASI
ENG - RUS
TANLANGANLARGA
  • BOSH SAHIFA
  •  
  • HUQUQIY ASOS
  •  
  • YANGILIKLAR
  •  
  • MARKAZIY APPARAT
  •  
  • MADANIYAT MUASSASALARI
  •  
  • SPORT MUASSASALARI
  •  
  • HUDUDIY BOSHQARMALAR
  •  
  • SPORT FEDERATSIYALAR
  •  
  • MILLIY SPORT
  •  
  • BIZNING YULDUZLAR
  •  
  • SERTIFIKATSIYALASH
  •  
  • FESTIVAL VA KONKURSLAR
  •  
  • XALQ IJODIYOTI
  • FOTOJAMLAMA
    PHOTOGALLERY
    ALOQALAR:
    100159, O'zbekiston,
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5 uy.
    Tel: (998-71) 239-83-31
    Faks: (998-71) 239-46-11
    E-mail:

    O’zbekiston Respublikasi
    Davlat Hokimiyati Portali
    XALQ IJODIYOTI

     

    Respublikamizda Xalq ijodiyotining turli yo’nalishlari va badiiy havaskorlik san’atini yanada rivojlantirish, xali nomlari ko’pchilikka tanish bo’lmagan yangi iqtidorlarni kashf etish maqsadida, har yili bir nechta ko’rik tanlovlar, festivallar va madaniy-ommaviy bayramlarni tashkil etiladi va o’tkaziladi.

    Ayni paytda Respublikamizda 14 mingdan ortiq badiiy havaskorlik jamoalari bo’lib, ulardan 317 tasi “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Namunali” unvonga ega. Mazkur badiiy havaskorlik jamoalarida uch yuz mingga yaqin turli kasb egalari bo’lgan ikkinchi iste’dod sohiblari qatnashmoqdalar.

    1991 yilgacha xalq ijodiyotining yo’nalishlaridan ashula va raqs ansambllari, vokal-cholg’u ansambllari, xor jamoalarining ko’rik-tanlovlari hamda xalq xunarmandlarining ko’rgazmalarigina o’tkazib kelingan bo’lsa, Mustaqillik davrida bu tanlovlar va festivallarning yangicha shakllari kashf etilib, markaz tomonidan o’tkaziladigan festivallar xalqaro miqiyosga ko’tariladi. Bunga yorqin misol qilib, YUNESKO xalqaro tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda har ikki yilda bir marta Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o’tkaziladigan Markaziy Osiyo Respublikalari baxshi-shoirlar va oqinlari ishtirokidagi Xalqaro ko’rik-festivalni keltirish mumkin.
       - Folklor-etnografik jamoalarining Respublika ko’rik-tanlovi;
       - “Alla” ijrochilarining an’anaviy Respublika ko’rik-tanlovi;
       - Milliy dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati va havaskor qo’g’irchoq teatrlarining

    Respublika ko’rik-festivali;
       - To’y-marosim qo’shiqlari ijrochilarining Respublika ko’rik-tanlovi;
       - Ashula va raqs ansambllari hamda lapar ijrochilarining Respublika ko’rik-tanlovi;
       - Askiyachi va qiziqchilarning an’anaviy Respublika ko’rik-tanlovi;
       - Havaskorlik xalq teatrlarining Respublika ko’rik-tanlovi;
       - Maqom ansambllari va katta ashula ijrochilarining an’anaviy Respublika ko’rik-tanlovi;
       - “Barxayot siymolar” turkumidan O’zbekiston bastakorlari asarlari ijrochilarning Respublika ko’rik-tanlovi;
       - “O’lan aytgali keldik” deb nomlangan folklor san’ati bayrami kabilar shular jumlasidandir.

    Xalq ijodiyoti soxalarini rivojlantirish va uni keng targ’ib etish ishlarini nafaqat Respublikamizda, shuningdek, milliy folklor-etnografik hamda raqs san’atini horij davlatlarida ham keng targ’ib etishda badiiy havaskorlik jamoalari ham faol ishtirok etishmoqda.


    Designed by "SKM"
    Tashkent 2005 © All Rights Reserved
    Tel: (+998-71) 244-30-82, 244-14-72
    Fax: 244-38-05
    E-mail:
    URL: www.skm.uz